Hamkorlik yo‘lida yangi qadam!
1 / 7O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” DUK hamda O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning asosiy maqsadi:
Tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
Qo‘shma tashabbus hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish.
Hamkorlik doirasida rejalashtirilgan ishlar:
Zamonaviy va qulay raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish;
Sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalangan holda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish;
Ekotizimni rivojlantirish: O‘zaro tajriba almashish va eksportchilar uchun raqamli infratuzilmani takomillashtirish.
Ushbu hamkorlik mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va eksport salohiyatini oshirishda muhim turtki bo‘ladi.
🚀 Yangi raqamli imkoniyatlar va samarali hamkorlik sari birgalikda!

