ATM

Harbirg'oya—ertangikunningtexnologiyasi.

Bizning faoliyat va loyihalarimiz bilan tanishing
Bizning natijalar

Harbirharakatimizortida—tajriba,mantiqvaaniqnatijabor.Bizraqamlikelajakniso'zbilanemas,natijabilanko‘rsatamiz.

47+yillik tajriba
200+dan ortiq malakali mutaxassislar
20+dan ortiq doimiy hamkorlar
50+muvaffaqiyatli IT loyihalar

Bizning faoliyat yo'nalishlari

Bizning maqsad – Sizning yutug‘ingiz!

Maqsadimiz xizmatlarimiz orqali yangi texnologiyalarni joriy etish.

01

Dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini ishlab chiqish

Biznes va davlat tashkilotlarining ehtiyojlariga mos, ishonchli va kengaytiriladigan dasturiy mahsulotlar hamda axborot tizimlarini yaratamiz. Tizimni tahlil qilish va loyihalashdan tortib, ishlab chiqish, integratsiya va ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarni yagona jamoa orqali amalga oshiramiz.

Batafsil
02

Mobil ilovalarni ishlab chiqish

Foydalanuvchilar uchun qulay, tezkor va zamonaviy mobil ilovalarni ishlab chiqamiz. Ilovaning konsepsiyasi va UX/UI dizaynidan boshlab, dasturlash, testdan o‘tkazish, server xizmatlari bilan integratsiya va ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab olamiz.

Batafsil
03

Sun’iy intellekt yechimlarini yaratish

Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va yangi raqamli imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiluvchi yechimlarni ishlab chiqamiz. AI texnologiyalarini mavjud axborot tizimlariga integratsiya qilib, amaliy natijaga yo‘naltiramiz.

Batafsil
04

FinTech va raqamli moliyaviy yechimlar

Moliyaviy jarayonlarni tezkor, shaffof va samarali boshqarish uchun zamonaviy FinTech yechimlarini yaratamiz. Moliyaviy ma’lumotlar bilan ishlash, to‘lov va hisob-kitob jarayonlarini avtomatlashtirish hamda turli tizimlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlaymiz.

Batafsil
05

Data Center va IT infratuzilmasini yaratish

Yuqori barqarorlik, xavfsizlik va uzluksiz ishlash talab etiladigan IT infratuzilmalarni loyihalashtiramiz va barpo etamiz. Data Center, server, tarmoq, muhandislik va elektr ta’minoti infratuzilmalarini yagona kompleks sifatida tashkil qilamiz.

Batafsil
06

Telekommunikatsiya va ma’lumotlar uzatish tizimlari

Tashkilotlar o‘rtasida ishonchli va xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan telekommunikatsiya hamda ma’lumotlarni uzatish tizimlarini loyihalashtiramiz va joriy etamiz. Tarmoq infratuzilmasining uzluksizligi va yuqori samaradorligiga e’tibor qaratamiz.

Batafsil
07

Ilmiy-texnik va innovatsion ishlanmalar

Ilg‘or texnologiyalarni amaliy vazifalarga tatbiq etishga qaratilgan ilmiy-texnik va innovatsion ishlanmalarni amalga oshiramiz. Yangi texnologiyalarni tadqiq qilish, sinovdan o‘tkazish va real loyihalarga joriy etish orqali raqamli rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratamiz.

Batafsil
08

Texnik qo‘llab-quvvatlash va IT xizmatlar

Axborot tizimlari va IT infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash uchun kompleks texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatamiz. Muammolarni tezkor aniqlash, bartaraf etish va tizimlarning uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan xizmatlarni yo‘lga qo‘yamiz.

Batafsil

Bizning jamoa

Bizning jamoamiz — moliya va axborot texnologiyalari sohasida murakkab hamda ko‘lamdor yechimlarni amalga oshiruvchi 200 dan ortiq tajribali va o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislardan iborat.

0Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha xodimlar
0Sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha xodimlar
0Loyihalarni boshqarish va hujjatlashtirish bo‘yicha xodimlar
0IT infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha xodimlar
0Dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xodimlar
0Texnik va tarmoq xizmatlari bo‘yicha xodimlar
0Axborot tizimlarini sinovdan o‘tkazish (QA) bo‘yicha xodimlar
0Boshqa IT yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar

Bizning texnologiyalar

Zamonaviy sun’iy intellekt (AI) yechimlarini ishlab chiqishning barcha sohalariga tadbiq etamiz.

01

FRONTEND

ReactVueTypeScriptNext.jsNuxt.JSTailwindAngularJavaScript
02

BACKEND

Java / Spring.NETPythonPHPGoNode.js
03

MOBIL

FlutterKotlinSwift
04

Databases & Data Engineering

PostgreSQLOracleRedisApache KafkaElasticsearchMongoDB
05

INFRATUZILMA

DockerKubernetesGitLab CINginx
06

XAVFSIZLIK

OAuth 2.0 / OIDCPKI, elektron imzoWAF
Yangiliklar

Markaz faoliyati, yangi loyihalar va hamkorliklar haqidagi so'nggi xabarlar.

Barcha yangiliklar

Bizning hamkorlarimiz

Bizning hamkorlar — bu bizga bildirilgan katta ishonch va mas’uliyat.

Asakabank
Asakabank