Yangiliklar
6
🤖 OpenAI yangi GPT-6.1 Terra modelini taqdim etdi!
Sun’iy intellekt endi nafaqat savollarga javob berish, balki kompyuterdagi murakkab ishlarni bajarishga ham tobora ko‘proq moslashmoqda.
OpenAI taqdim etgan GPT-6.1 Terra modeli quyidagi vazifalarga mo‘ljallangan:
🔹 Kompyuter dasturlarida ko‘p bosqichli amallarni bajarish;
🔹 Hujjat va texnik chizmalarni tahlil qilish;
🔹 Dasturlash vazifalarini bajarish;
🔹 Takrorlanuvchi ish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi model oldingi GPT-5.6 Terra’ga nisbatan samaraliroq va uning standart API narxlari 50 foizga arzonroq.
🚀 AI texnologiyalarining keyingi bosqichi — real ish jarayonlarini avtomatlashtirish!
📌 Manba: OpenAI
#OpenAI #ArtificialIntelligence #AITechnology
🎥 IMV Meet — zamonaviy, xavfsiz va aqlli videokonferensiya platformasi!
Raqamli texnologiyalar yordamida masofalarni yaqinlashtiramiz, ish jarayonlarini yanada samarali tashkil etamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi DUK tomonidan zamonaviy videokonferensiya platformasi — IMV Meet ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
🌐 IMV Meet bilan tanishing: meet.yatm.uz

NVIDIA sun’iy intellekt olamida yangi qadam tashladi — Nemotron 3.5 taqdim etildi!
Kompaniya Nemotron 3.5 oilasiga mansub yangi ochiq AI modellarini taqdim etdi.

Resurs.imv.uz platformasida 2 ta yangi modul ishga tushirildi!
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Resurs» tizimi yanada takomillashtirildi. Endilikda moliyaviy va budjet jarayonlarini yagona platformada qog‘ozsiz, tezkor va shaffof tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
▶ VideoCALL-MARKAZ FAOLIYATINI SPEEKO AI ASOSIDA IT AUDIT QILISH
Call-markaz faoliyatini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish orqali:
🔹 murojaatlarning asosiy mavzulari;
🔹 operatorlar faoliyati va xizmat sifati;
🔹 takroriy va tizimli muammolar;
🔹 ish yuklamasi va resurslardan foydalanish;
🔹 avtomatlashtirish imkoniyatlari aniqlanadi.
MUAMMO → SABAB → TAHLIL → YECHIM
IT audit natijasida tashkilot uchun amaliy va texnologik yechimlar ishlab chiqiladi.

Hamkorlik yo‘lida yangi qadam!
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” DUK hamda O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning asosiy maqsadi:
Tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
Qo‘shma tashabbus hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish.
Hamkorlik doirasida rejalashtirilgan ishlar:
Zamonaviy va qulay raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish;
Sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalangan holda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish;
Ekotizimni rivojlantirish: O‘zaro tajriba almashish va eksportchilar uchun raqamli infratuzilmani takomillashtirish.
Ushbu hamkorlik mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va eksport salohiyatini oshirishda muhim turtki bo‘ladi.
🚀 Yangi raqamli imkoniyatlar va samarali hamkorlik sari birgalikda!