ATM

Resurs.imv.uz platformasida 2 ta yangi modul ishga tushirildi!

Resurs.imv.uz platformasida 2 ta yangi modul ishga tushirildi!
1Ko'rishlar soni
Ulashish:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining «Resurs» tizimi yanada takomillashtirildi. Endilikda moliyaviy va budjet jarayonlarini yagona platformada qog‘ozsiz, tezkor va shaffof tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Yangi modullar va ularning imkoniyatlari:

1. Budjet ssudalari va kredit liniyalari moduli

(Rezident-yuridik shaxslarga ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha)

  • Shartnomalarni elektron shaklda yaratish, kelishish va tasdiqlash.

  • Shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovlarni amalga oshirish.

2. Budjetlararo transfert ajratish moduli

(Mahalliy budjetlarga ajratiladigan ssudalar bo‘yicha)

  • Arizalarni yuborish, kelishish va tasdiqlash.

  • Shartnomalarni shakllantirish va elektron tasdiqlash.

  • To‘lov jarayonlarini raqamli shaklda yakunlash.

Tizimning asosiy afzalliklari:

🔹 Markazlashtirilgan tizim: barcha bosqichlar va hujjatlarni yagona platformada boshqarish.

🔹 Vaqt tejamkorligi: qog‘ozbozlikni kamaytirish va ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish.

🔹 Jarayonlar shaffofligi: har bir jarayon va arizaning holatini real vaqt rejimida kuzatib borish.

🌐 Platformaga kirish: https://resurs.imv.uz